Uzbek English Русский


ЎҚУВ-АМАЛИЙ СЕМИНАРЛАР ВА ТАДБИРЛАР

       14.09.2022 y.
“Umumta'lim maktablari o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish” mavzusida seminar.


юклаб олиш-->: Dastur 14 sentyabr 2022.docx

       O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi, Toshkent shahar muhandislik ta'limi assotsatsiyasi va Toshkent shahar xalq ta'limi bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “O‘quvchilarni kasbiy mahoratini, intellektual salohiyatini oshirish va kasbiy faoliyatga bo‘lgan qobiliyat va kompetensiyalarni shakllantirish” davlat ijtimoiy buyurtmasi loyihasi doirasida joriy yilning 18-may kuni Toshkent shahri Yangi hayot tumanidagi 329-umumta'lim maktabida “Umumta'lim maktablari o‘quvchilarini kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari samaradorligini oshirish” mavzusidagi seminar o‘tkazildi.
      ❇️Mazkur seminarda Chilonzor tumanidagi 329-umumta'lim maktablarining 7-11-sinf o‘quvchilari (jami 130 nafar) ishtirok etdi.
       Tadbir davomida queidagi mavzularda ma'ruzalar va tayyorlangan videoroliklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi:
       - “Yoshlarda[fh xar bir kasbning mavzusi ustida ommaviy tarzda fikr va mulohazalar yuritish, intellektual qobilyatni
       rivojlantirishda asjsiy omil”
       - “Xorijiy davlatlarda yangi texnika va texnologiyalarni iqtisodiyot sohalarida qo’llanilishi va kasbga yo’naltirish”
       - “ Respublikada kasbga yo’naltirish ishlarini sifatini taminlashda o’quvchilarni bilim va qobilyatlarini oshirish usullari”
       - Kasbim-kelajagim” nomli onlayn platforma (profnavigator.uz)dan foydalanish va uning afzalliklari
Tadbir yakunida o‘quvchilarga tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari taqdim etildi.